Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi ishtirokchilarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi ishtirokchilarini tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari hamda barcha ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa g‘oliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilariga tabrigi matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘qib eshittirildi. 

Qutlovda ta’kidlanganidek, saralash bosqichlarida ishtirok etgan 100 mingdan ziyod yoshlar orasidan finalgacha yetib kelgan qariyb 3 ming nafar eng iqtidorli sportchilarimizning bellashuvlarini butun xalqimiz katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdi. Erishilgan g‘alabalar, rekord natijalar Yangi O‘zbekistonda yuksak salohiyatli olimpiya zaxiralari yetishib kelayotganidan dalolat beradi.

 

Yosh chempionlarimiz namoyish etgan iroda va mahorat kelgusida O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida yanada baland ko‘tarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. 

Tabrikda saralash va final bosqichlarini yuksak darajada tashkil etgan hududlar rahbarlari, vazirlik va idoralar, sport federatsiyalari, o‘quv muassasalari jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik izhor etildi. 

Prezident qutlovida sportchilarga kelgusi musobaqalarda yanada yorqin g‘alaba va natijalar tilandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring