Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning borishi, klasterlar oldidagi muammoli masalalar va ularning yechimlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga katta turtki beradigan navbatdagi muhim islohotlar bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter