Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Podmoskoveda «An-148» samolyoti halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik izhor etdi.
Eslatib o‘tish kerak, Saratov havo yo‘llariga qarashli «An-148» samolyoti 703-reys bilan Moskva — Orsk yo‘nalishi bo‘ylab uchayotganda aviahalokatga uchragan edi, natijada bortdagi 71 kishining barchasi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter