Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Guandun muzofotiga bordi

Shavkat Mirziyoyev Guandun muzofotiga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Pekin shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga keldi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Ertaga, 25-yanvar kuni davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi, XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shenchjen – Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri hamda Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy hududdir. Texnologiyalar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish, biznes va iqtisodiyot, turizm va transport borasida global markazlardan biri, konteynerli yuklar bilan ishlash quvvati bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi dengiz portidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident XXR raisi bilan muzokalar o‘tkazgan va qo‘shma bayonot imzolagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring