Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi eng yirik ko‘rgazma ochilishida nutq so‘zlaydi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 4-noyabr kuni Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadigan Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali tabrik so‘zi yo‘llaydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim jihatlari hamda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli holatlarni birgalikda yengib o‘tish choralariga to‘xtaladi.
Tadbirda qator xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari ham tabrik so‘zi bilan chiqishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter