Shavkat Mirziyoyev mas’ullar bilan «Zamonaviy qishloq» loyihasini muhokama qildi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chog‘ida «Zamonaviy qishloq» loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Shu borada Paxtaobod tumani Bo‘stonobod qishlog‘i hamda Qo‘rg‘ontepa tumani «Yangi hayot» mahallasi uchun dastlabki reja ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, qishloq hududlarga zarur muhandislik kommunikatsiyalari tortilib, ko‘p qavatli uylar quriladi. Ular, avvalo, bir uyda ko‘pchilik yashayotgan, muhtoj oilalarga beriladi.

Davlatimiz rahbari bu borada Andijon tajribasini yaratish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun alohida loyiha ishlab chiqish, «Zamonaviy qishloq»dagi uylarni boshqa turar joylarga nisbatan arzon qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shu yerda viloyatda kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka kreditlari asosida yakka tartibdagi uylarni qurish-ta’mirlash loyihalari muhokama qilindi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter