Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘iziston bosh vaziri kutib oldi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-iyun kuni Bishkek shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Manas xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev kutib oldi.

Bugun qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga, 14-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter