Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Bugun, 21-yanvar kuni Belvyu saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi. Bu haqda prezident matbuot xazmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qo‘ydi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentimiz sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter