Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi

Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi.

Tarixdagi birinchi bo‘lgan ushbu tashrif O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab bergani va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi kecha Ulan-Bator shahrida Prezident Uxnaagiyn Xurelsux bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi. Amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va sanoat sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

Prezidentlar rafiqalari bilan ikki mamlakat san’at ustalarining qo‘shma konsertida ishtirok etdilar. 

Bugun Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan «Ix Tenger» majmuasiga tashrif buyurdi. Prezidentlar va birinchi xonimlar birgalikda daraxt ekdilar. An’anaviy «Naadam» o‘yinlari tomosha qilindi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Manba: president.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring