Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi kutilyapti

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi kutilyapti

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi kutilyapti. Bu haqda rus tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

«Afsuski, o‘tgan yili rejalashtirishgan davlat tashrifini pandemiya sababli qoldirgandik. Endi esa epidemik holat yaxshilanishi bilan tashrif amalga oshiriladi», dedi Lavrov.

2020 yil bahorga rejalashtirilgan rasmiy tashrif koronavirus pandemiyasi sababli noma’lum muddatga qoldirilgandi. Mazkur tashrif doirasida infratuzilmaga oid bir qator yirik loyihalar imzolanishi kutilyapti.

Masalan, Jizzaxda atom elektr stansiyasini qurish ishlarini boshlash haqidagi kelishuv imzolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring