Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori ommaga e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori ommaga e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–180-son, 25.03.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi – «Inson huquqlari uyi» tashkil etildi.

Shuningdek, Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

- inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari doimiy chop etilishini ta’minlash;

- inson huquqlarini ta’minlashga oid islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring