Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkatjon Abdurazzaqov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi

Shavkatjon Abdurazzaqov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisda yashirin ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Sanoq komissiyasining hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, 6-Serob saylov okrugidan deputat, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.

Deputatlar ovoz berish natijalarini tasdiqladi.

—Senatorlik juda yuksak maqom. Ushbu maqom egasiga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Bugun menga bildirilgan ishonchni oqlash, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish uchun bor kuchimni sarflayman, — dedi Shavkatjon Abdurazzaqov.

Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlis o‘z ishini yakunladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring