FVV Shayxontohurdagi ayanchli YTH haqida ma’lumot berdi: ikki kishi vafot etgan

18-iyun kuni soat 05:52 da Shayxontohur tumanida «Kamaz» yuk mashinasi yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urilgan, natijada avtoulovning motor va salon qismida yong‘in kelib chiqqan.
Yuzaga kelgan avtohalokat va yong‘in natijasida ikki nafar fuqaro vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari yong‘inni 22 daqiqada bartaraf etgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter