Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayxontohurda 5 ta uy yonib ketdi — FVV hodisa yuzasidan bayonot berdi

Shayxontohurda 5 ta uy yonib ketdi — FVV hodisa yuzasidan bayonot berdi

Illyustrativ foto.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

8-fevral kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida yong‘in yuz bergan. Buning oqibatida ushbu manzildagi 5 ta bir-biriga tutash uy zarar ko‘rgan.

Voqea joyiga shahar FVBning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelib, hodisa bartaraf etilgan. 

Yong‘indan 5 ta uyning ichki va tom qismlari, jami 130 kv.m. maydoni zararlangan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida uyning 360 kv.m. qismi yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring