Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov Xorazmdagi «DATA» o‘quv markazida bo‘ldi (foto)

Sherzod Shermatov Xorazmdagi «DATA» o‘quv markazida bo‘ldi (foto)

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 16-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida, IT-park rezidenti — «DATA» o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi.

Urganch shahrida joylashgan mazkur o‘quv markaz yoshlarga IT sohasida qator yo‘nalishlarda — robototexnika, mobil o‘yinlar yaratish, veb-dasturlash, android-dasturlash, 3D animatsiya, arxitektura va dizayn, grafik dizayn, SMM, kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlaydi. Shuningdek, bolalar uchun maxsus kurslar ham ochilgan. Bugungi kunga qadar 800 nafardan ortiq yoshlar «DATA» o‘quv markazining kurslarini tamomlagan.

Tashrif doirasida «DATA» o‘quv markazi faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazilib, markaz vakillari o‘z reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi. Markaz mutaxassislari bolalarga IT yo‘nalishlarida tahsil berish uchun o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishgan.

Sherzod Shermatov AKT sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha xususiy IT markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring