Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«ShHT doirasida o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish haqida gap yo‘q» – Nurimbetov

«ShHT doirasida o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish haqida gap yo‘q» – Nurimbetov

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bo‘yicha Milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov dollar va yevrodan voz kechish, milliy valyutada to‘lov tizimini yaratish haqidagi xabarlarga izoh berdi. U bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining Xitoy va zamonaviy Osiyo instituti «ShHTning o‘zgaruvchan dunyoda tutgan o‘rni» mavzusidagi sessiyasi o‘tkazilgan Sharqiy iqtisodiy forumda gapirib o‘tgan.

«ShHT doirasida o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish haqida gap yo‘q. Gap konseptual va bundan tashqari, huquqiy xususiyatga ega bo‘lmagan hujjat loyihasi haqida bormoqda. «Yo‘l xaritasi» loyihasi hali ishlab chiqilmagan, ShHTning ayrim davlatlari uni ishlab chiqishda ishtirok ham etmayapti. «Yo‘l xaritasi» huquqiy hujjat emasligini yana bir bor ta’kidlayman. Hujjat kelishilgan va tasdiqlangan taqdirda ham manfaatdor tomonlarning o‘zaro savdolarida milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarga o‘tish mexanizmi avtomatik ravishda ishga tushmaydi», – dedi Rahmatulla Nurimbetov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring