Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT forumining XIX yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

ShHT forumining XIX yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yig‘ilishi joriy yil 5 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston raisligida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilmoqda.

«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, forum «Yangi sharoitlarda ShHTning roli: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish» mavzusida o‘tkaziladi.

Unda dunyoning 10 mamlakatidan 40 dan ziyod ekspertlar, jumladan, ShHTga a’zo davlatlar milliy tadqiqot markazlarining vakillik delegatsiyasi, ShHTda kuzatuvchi davlatlar va tashkilotlarning muloqot bo‘yicha hamkorlari mutaxassislari, ShHT Kotibiyati rahbariyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibi ShHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchta — asosiy sessiya, zamonaviy rivojlanish bosqichida ShHT samaradorligini oshirish va ShHT forumi faoliyatini takomillashtirish istiqbollari muhokamasini o‘z ichiga oladi.

Forum yakunida ShHTga a’zo davlatlarning tadbir kun tartibidagi masalalar bo‘yicha yondashuv va qarashlari aks etgan yig‘ilish Bayonnomasi imzolanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring