ShHTga yana 10 ga yaqin davlat qo‘shilmoqchi

Shu yil Samarqandda o‘tadigan ShHT sammitida yana 10 ga yaqin davlatning a’zolik masalasi ham muhokama qilinadi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ma’lum qilgan.
Aytilishicha, ular to‘liq a’zolik, muloqot bo‘yicha hamkor yoki kuzatuvchi sifatida qo‘shilishga ariza berishadi. ShHTning bu galgi sammitiga O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda.
Avval xabar berilganidek, Samarqand sammitida Eron a’zo sifatida qatnashadi. Shuningdek, Belarusning ham to‘liq a’zolik haqidagi arizasi ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, bir qator xalqaro tashkilotlar — YuNESKO, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMT iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Arab davlatlari ligasi bilan ham hamkorlik o‘rnatish haqidagi memorandumlar imzolanishi kutilyapti.
- ShHTning to‘liq a’zolari: O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston.
- Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron.
- Hamkor davlatlar: Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Kambodja, Nepal va Shri-Lanka.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter