Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor yuqori qon bosimida yordam beradigan oddiy mevalarni aytdi

Shifokor yuqori qon bosimida yordam beradigan oddiy mevalarni aytdi

Yuqori qon bosimini nafaqat dori vositalari bilan, balki oddiy mevalar bilan ham barqarorlashtirish mumkin.

Bu haqda diyetolog Juliya Apton Eat This, Not That portaliga ma’lumot bergan.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bosimni normallashtirish uchun sitrus mevalarini ratsionga kiritish lozim. Apelsin, limon va greypfrutlarda ko‘p miqdorda S vitamini, antioksidantlar va qon tomirlari devorlarini mustahkamlovchi kaliy mavjud.

«Greypfrut yoki apelsin sharbatining yana bir inkor etilmaydigan afzalligi - bu organizmda suvni ushlab turadigan va bosimning oshishiga olib keladigan natriyning yo‘qligi. Kuniga bir stakan sharbat uni barqarorlashtirishga yordam beradi», deydi diyetolog.

Bundan tashqari, shakarsiz va to‘liq sutsiz nordon sutli ichimliklarni tez-tez iste’mol qilish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring