Shifoxonada 51 yil umr kechirgan bemor hayotdan ko‘z yumdi

Braziliyada San-Paulu universiteti shifoxonasida 51 yil yashagan Paulu Enrike Machadu vafot etdi, deya xabar berdi G1 portali.
U 1967-yili dunyoga kelgan. Onasi tug‘ruq vaqtida olamdan o‘tgan. 1969-yilda esa Machadu shifoxonaga tushdi — u poliomiyelit bilan kasallanib qoldi. Bu o‘ta yuqumli kasallik bo‘lib, nerv tizimini zararlaydi va sanoqli soatlar ichida umumiy falajlanishga olib kelishi mumkin.
Og‘ir kasalligiga qaramay Machadu multfilm va o‘yinlarga qiziqib qoldi, ijtimoiy tarmoqlarni yuritdi va shifoxonada o‘rta maktabni tugatdi.
2009-yilda «Muzlik davri» multfilmi rejissyorlaridan biri Machaduni ziyorat qilgani shifoxonaga borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter