Shohjahon Ergashevning jangi muddatidan oldin yakunlandi
Super yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Salita kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomi asosiy jangida unga meksikalik Anxel Ernandes raqiblik qildi.
10 raund etib belgilangan bahs 5-raundda raqibning bir necha bor nokdaun holatiga tushib, passiv himoyada bo‘lgani sabab referi tomonidan to‘xtatildi va unda hamyurtlarimiz muddatidan oldin g‘alabasi qayd etildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Ergashevning janglar statistikasi 23-0 (20 nokaut) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Ernandesniki 14-2-1 (14 nokaut)ga o‘zgardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter