Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov bugun maydonga tushishi kutilyapti — jonli efirda ko‘ramiz

Shomurodov bugun maydonga tushishi kutilyapti — jonli efirda ko‘ramiz

Turkiyaning «Bashakshehir» klubi bugun, 24-iyuldan yevrokuboklardagi ishtirokini boshlaydi. Yurtdoshimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan Istanbul jamoasi Yevropa Konferensiyalar ligasi 2-saralash bosqichida Bolgariyaning «Cherno More» klubi bilan to‘qnash keladi.

Shomurodovning rasmiy debyuti aynan bugun bo‘lishi kutilmoqda.

Birinchi o‘yin 24-iyul kuni Bolgariyada, javob bahsi 31-iyul sanasida Turkiyada o‘tkaziladi.

Quvonchli xabar: «ZoʼrTV» telekanali har ikki uchrashuvni jonli uzatishini ma’lum qildi!

24-iyul. 22:00

Cherno More — Istanbul Bashakshehir

31-iyul. 22:45

Istanbul Bashakshehir — Cherno More

«Bashakshehir» safiga o‘zbekistonlik Abbos Fayzullayev ham o‘tayotganidan xabaringiz bor, albatta.

«Istanbul Bashakshehir» o‘tgan mavsumda Turkiya superligasida beshinchi, «Cherno More» esa Bolgariya chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring