Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida investitsion loyiha amalga oshirilmoqda —«O‘zbekneftgaz»

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida investitsion loyiha amalga oshirilmoqda —«O‘zbekneftgaz»

«O‘zbekneftgaz» AJning Investitsiya loyihalarni amalga oshirish departamenti ma’lumotiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2706 sonli qaroriga muvofiq, «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metani asosida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish» investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha tabiiy gazni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirishni davom etish, uglevodorod xomashyosi importini qisqartirish, ichki bozorda sifatli va ekologik toza yoqilg‘iga mavjud bo‘lgan talabni qondirish, bozorni mahalliy homashyodan ishlab chiqariladigan strategik mahsulotlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Zavod dunyoning neft va gaz kimyosi sohasida yetakchi hisoblanadigan Sasol (Janubiy Afrika), Haldor Topsoe (Daniya) va Chevron (AQSh) kabi kompaniyalarning texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan.

Bugungi kunda loyiha doirasida YeRC shartnomasi 84% dan ziyodga bajarildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring