Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida harakat cheklanadi

Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida transport harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Shota Rustaveli ko‘chasida davom etayotgan qurilish-montaj ishlari sababli dam olish kunlarida Sh.Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida quyidagi cheklovlar amal qiladi:
1. Bobur ko‘chasining Sh.Rustaveli ko‘chasi chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 25-iyul 22:00 dan 26-iyul 06:00 gacha yopiladi (ko‘rsatilgan davr mobaynida boshqa yo‘nalish ishtirokchilariga chorraha orqali faqat o‘ngga burilishga ruxsat etiladi);
2. 25-iyul 22:00 dan 28-iyul 03:00 gacha chorraha orqali:
- Bobur ko‘chasi yo‘nalishida harakatlanganda to‘g‘riga va chapga harakatlanish mumkin emas (o‘ngga burilishga ruxsat etiladi);
- Sh.Rustaveli ko‘chasi yo‘nalishida harakatlanganda chapga burilish mumkin emas (to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga ruxsat etiladi).
Qurilish-montaj ishlarining chorrahalardagi qismlari imkon qadar harakatni butunlay to‘xtatib qo‘ymagan holda hamda noqulayliklarni kamaytirish maqsadida aynan dam olish kunlarida amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter