«Shoxruhmas, Shohro‘z» — yosh bolakay prezident bilan salomlashdi

Davlatimiz rahbari saylovdan keyin joylarga birinchi tashrifini Shayxontohur tumanidagi mahallalar bo‘ylab yurib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishayotgani haqida xabar berilgandi.
Shavkat Mirziyoyev ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 93 yoshli otaxon bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida otaxon mahallada kichikroq choyxona qurib berishni iltimos qildi. «Bo‘ldi, sizning aytgan gaplaringiz uchun o‘zim bir chiroyligina choyxona qilib beraman», — dedi davlat rahbari.
«Xabar.uz» muxbiri xabar berishicha, prezident belgilangan marshrut bo‘yicha yurmay, bir necha kilometr yo‘lni piyoda kezib chiqmoqda.
Davlat rahbari tumandagi 41-maktabga kutilmaganda kirib bordi. Sport zalida bolalar va o‘qituvchilari bilan gaplashdi, shart-sharoitlar bilan tanishdi. Maktabdan chiqayotib, bir gapni aytdi: «O‘zimga ko‘p xulosa qilib ketyapman».
Prezident «Sarxumdon» mahallasi nuroniylari bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasiga hissa qo‘shish uchun mahalla guzari bog‘chasiga chinor ko‘chatini ekdi. O‘zini Shohro‘z deb tanishtirgan bolakay jarayonni kuzatib turdi-da, so‘ng davlat rahbarining oldiga kelib salom berdi: Assalomu alaykum...
Tashrif davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter