Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyada yangi AESlar qurishmoqchi

Shveysariyada yangi AESlar qurishmoqchi

Laybshtadt AES, Shveysariya.

Foto: Wikipedia

19-22-sentyabr kunlari o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovga ko‘ra, aksariyat shveysariyaliklar yangi atom elektr stansiyalari (AES) qurilishini istashmoqda.

Alp mamlakati aholisining ko‘pchiligi yangi AESlar qurilishini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, bu boradagi taqiqlovni bekor qilish kerak degan fikrda.

Shveysariya hukumati avgust oyi oxiridagi bayonotida yangi AESlar qurilishiga qo‘yilgan 2018-yil 1-yanvaridan buyon amal qilib kelayotgan taqiqlovni bekor qilish harakatida ekanini ma’lum qilgandi. Energetika va kommunikatsiyalar federal departamenti yadroviy energiya to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishni 2024-yil yakuniga qadar taqdim etmoqchi.

Maslahat uchrashuvlari esa 2025-yil mart oyi oxirigacha davom etadi, so‘ngra tegishli o‘zgartishlar parlament muhokamasiga kiritiladi.

Ayni paytda Shveysariyaning uchta hududida to‘rtta AES energobloki ishlab turibdi. Ular mamlakatdagi elektr energiyasining uchdan bir qismini ishlab chiqarmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring