Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si va Putin BRIKS sammitini o‘tkazib yuboradi

Si va Putin BRIKS sammitini o‘tkazib yuboradi

Foto: Anadolu Ajansı

The Guardian yozishicha, Xitoy va Rossiya rahbarlari ertaga, yakshanba kuni Braziliyada boshlanadigan BRIKS sammitida shaxsan qatnashmaydi.

Bu ikki asosiy a’zo davlat uchun tashkilotning strategik ahamiyati pasayayotganidan dalolat beradi, dedi nashr o‘z xulosasida.

XXR raisi Si Szinpin 12 yilda birinchi marta uchrashuvga kelmayapti, Pekin uning o‘rniga bosh vazir Li Syanni jo‘natadi. Ayni holat raisning ish jadvali tig‘izligi bilan izohlanyapti, biroq sababi rasman tushuntirilmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham mehmonlar ro‘yxatida yo‘q — katta ehtimol, bu Xalqaro jinoyat sudi hibsga olishi xavfi bilan bog‘liq. Braziliya — Rim statuti qatnashchisi va XJS qarorlarini bajarishga majbur. O‘tgan yili xuddi shu sababli Putin JAR mezbonlik qilgan sammitda ko‘rinish bermagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring