Sigaretdan chiqqan yong‘in tufayli bir kishi halok bo‘ldi

2019-yil 21-fevral kuni Shayxontohur tumanida yashagan R.A. mast holda uyi yotoqxonasida sigaret chekib, uxlab qolishi natijasida sigaret kukuni ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in qo‘shnilar tomonidan o‘chirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘in oqibatida R.A. vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
20-fevral kuni Buxoroda qarovsiz qoldirilgan qizcha yong‘inda halok bo‘lgani xabar berilgandi.
O‘tgan yili oktyabrda Qarshida ham shunga o‘xshash hodisa yuz bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter