Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sinfdoshi Putinning «eski odati» haqida gapirdi

Sinfdoshi Putinning «eski odati» haqida gapirdi

Videodan skrinshot

Vladimir Putinning xonadan chiqayotib chiroqni o‘chirib ketish odati uning bolaligi kommunal kvartiralarda o‘tgani bilan izohlanadi. Bu haqda «KP-Peterburg» gazetasiga prezidentning sinfdoshi va yaqin do‘sti Viktor Borisenko so‘zlab berdi.

Borisenkoning aytishicha, ilgari Lenningraddagi kommunal kvartiralarda chiroqni yoqqan odam qo‘shnilardan dakki eshitmaslik uchun uni o‘chirib ketishi ham lozim bo‘lgan. Chunki ishlatilgan elektr energiyasi uchun to‘lov yashovchilar o‘rtasida teng taqsimlangan.

Yaqinda «Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» hujjatli filmi efirga uzatildi. Jurnalistga o‘zining sport xonasini tanishtirgan Putin ketishda chiroqni o‘chirgani tomoshabinlarning e’tiborini tortgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring