Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari hokimlari «ishsizlikdan xoli hudud»ga aylanish majburiyatini oldi

Sirdaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari hokimlari «ishsizlikdan xoli hudud»ga aylanish majburiyatini oldi

Foto: Xabar.uz

Prezident raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida kun tartibidagi asosiy masala — aholini daromadli mehnat bilan band qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yil boshidan tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda 2 million aholining doimiy bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnat orqali daromadli bo‘ldi. Jumladan:

- oilalarga dehqonchilik uchun tarqatilgan 100 ming gektar yerlarda, 1 million 200 ming aholi doimiy va mavsumiy band bo‘ldi.

- hududlarda korxonalar 85 mingtaga ko‘payib, ularning soni 550 mingtaga yetdi. Buning hisobiga 2022 yilda daromad solig‘i to‘layotgan rasmiy band bo‘lganlar soni 400 mingtaga oshdi. Shuningdek, 3,5 mingta sanoat loyihasi ishga tushirilib, 160 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi;

- Yangi O‘zbekiston massivlari qurilayotgani, ipoteka va qurilish bozori kengaygani hisobiga bu yilning o‘zida 4,5 mingta yangi qurilish korxonasi tashkil etildi va 135 ming doimiy ish o‘rni yaratildi;

- turizm va servis sohalarida yirik xizmat ko‘rsatish markazlari ishga tushgani, servis-savdo ko‘chalari, turizm qishloqlari tashkil qilingani, ijtimoiy soliq 1 foiz qilingani, ish vaqtiga cheklovlar olib tashlangani hisobiga 1,5 million aholi qo‘shimcha daromadli bo‘ldi;

- yo‘lovchi tashish, rieltorlik, duradgorlik, kulolchilik, uyda sut mahsulotlari tayyorlash kabi 79 ta faoliyat turi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati yaratilgani natijasida bu yili 914 ming nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tib, o‘zini o‘zi band qilganlar soni 2 millionga yaqinlashdi.

Yaqinda Sirdaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hisob-kitoblar bilan keyingi yilda «ishsizlikdan xoli hudud»a aylantirish bo‘yicha o‘ziga majburiyat oldi.

Boshqa viloyat, tuman va shahar hokimlari ham 20-dekabrgacha kelgusi yil aholini band qilish dasturini qabul qilishi shartligi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring