Sirdaryoda 28 nafar bolani «Damas»da tashigan haydovchi jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida «Damas» haydovchisi 28 nafar bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgan vaqtda to‘xtatildi.
YPX xodimlari haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib bordi. Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi (transport vositasida odamlarni tashish qoidalarini buzish) bo‘yicha 750 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, shu kabi holat avvalroq Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ham kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter