Sirdaryoda baliqchi 20 mln so‘m jarimaga tortildi: u me’yordan ortiq baliq ovlagan
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida fuqaro T.X. ov qoidalarini buzgan holda zovurdan 4 turdagi jami 27 ta baliq ovlagani, bulardan 9 ta baliq me’yoridan (5 kg) ortiqcha ekanligi aniqlangan.
«Natijada hayvonot dunyosiga 14 mln 960 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan», – deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJTKning 90-moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. T.X., shuningdek, BHMning 15 baravari — 5 mln 100 ming so‘m miqdorida jarimaga ham tortildi. Shu tariqa u qilmishi uchun jami 20 million 60 ming so‘m (jarima va zarar) to‘laydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, tabiiy suv havzalarida jismoniy shaxslarga sport-ishqibozlik turida 1 sutka ichida 5 kilogacha miqdorda bo‘lgan baliqni ovlashga ruxsat etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter