Sirdaryoda daraxt kesganlar ozodlikdan mahrum etildi
Sirdaryoda 21 tup daraxt kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida daraxtlarni noqonuniy kesgan va sotgan 3 kishiga hukm o‘qildi.
«B.X.» fermer xo‘jaligi rahbari M.A. ikki tanishi bilan 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida o‘ziga qarashli bo‘lgan dala maydoni chetida ko‘karib turgan jami 21 tup qayrag‘och daraxtini qonunga xilof ravishda kesgan va sotib yuborgan. Buning oqibatida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Sud qarori bilan 3 kishiga mazkur zararning undirilishi belgilandi. Shuningdek, har bir sudlanuvchiga 2 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter