Sirdaryoda transformator ostidagi kuchukni qutqarmoqchi bo‘lgan 2-sinf o‘quvchisini tok urdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2-sinf o‘quvchisini transformatorda tok urgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Holat yuzasidan Guliston xalq ta’lim boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 23-noyabr kuni Guliston tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-«B» sinf o‘quvchilariga reja bo‘yicha 5 soat dars o‘tilishi kerak bo‘lgan. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun bo‘lib o‘tayotgan malaka (amaliy) sinovlarda ishtirok etayotganligi sababli ushbu kungi darslar ixchamlashtirilib, sinf rahbar Imomova Sohiba tomonidan darslar o‘tib bo‘lingach o‘quvchilarga uylariga ketishlari uchun javob bergan.
Darsi tugagandan so‘ng 2-«B» sinfning barcha o‘quvchilari kabi Xasan va Xusan Abdurahmanovlar uyga yo‘l olishgan. Yo‘lda Xasan va Xusan Abdurahmanovlar maktab hududining tashqarisida joylashgan elektr transformator ostiga kirib qolgan kuchukni ko‘rib qolishgan. Transformator poydevor qismining ochiq joyidan Xusan Abdurahmanov qo‘lini kirgazib, kuchukni olmoqchi bo‘lgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida bosh, qorin, qo‘l va oyoq qismidan tan jarohati olgan.
Voqea joyiga tezlikda yetib borgan maktabning o‘qituvchisi Abilov Furqat bolani chiqarib olgan, maktab hamshirasi Rahimova Muhabbat tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Zudlikda tuman shoshilinch tibbiy yordam va oilasiga xabar berilgan. Hozirgi vaqtda Tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan muolajalar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter