Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda yangi OTM ochiladi

Sirdaryoda yangi OTM ochiladi

Foto: «Aday.sbu.edu.tr»

Guliston shahrida viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarini birlashtirgan «Guliston tibbiyot klasteri» va Guliston tibbiyot kolleji negizida Turkiya Respublikasining «SAGLIK BILIMLERI UNIVERSITESI» filiali tashkil etiladi. Bu Hukumatning tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, «Guliston tibbiyot klasteri» umumiy 520 o‘rinli, shu jumladan, 390 o‘rin budjet mablag‘lari hisobidan va 130 o‘rin xo‘jalik hisobidan ta’minlanadigan muassasalar yagona boshqaruv tizimi, konsultativ-diagnostika poliklinika va qo‘shimcha davolash bo‘limlaridan tarkib topadi.

Ta’kidlanishicha, «SAGLIK BILIMLERI UNIVERSITESI» filiali nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.

Filialda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3+3 (3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada) shaklida, bunda 30 foiz talabalar Universitet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan grantlar bo‘yicha o‘qitiladi.

Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring