Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirtqi ta’lim to‘lov-kontrakt summasi kamayadimi?

Sirtqi ta’lim to‘lov-kontrakt summasi kamayadimi?

Foto:«Xabar.uz»

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida sirtqi ta’limdagi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish taklifi bilan bog‘liq murojaat paydo bo‘ldi. 

«Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar doimiy tarzda ta’lim muassasasida o‘qishmaydi, stipendiya olishmaydi. Ammo ularning kontrakt to‘lovlari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar bilan bir xil.

Taklifim, sirtqi ta’lim shaklida o‘quvchi talabalarning kontrakt to‘lovlari summasini kamaytirish lozim. Shunda talabalar uchun ta’lim olish yanada osonlashadi» deyiladi murojaat matnida.

Hozirda 1520 nafar kishi taklifni yoqlab ovoz bergan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring