Sobiq prezident uy qamog‘iga olindi

Braziliya Oliy sudi davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rish ishi bo‘yicha sud qilinayotgan sobiq prezident Jair Bolsonaruni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni buzgani uchun uy qamog‘iga olishni buyurdi.
Ta’kidlanishicha, Bolsonaru o‘z tarafdorlari, jumladan, deputat-o‘g‘illarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan foydalanib, Oliy sudga hujum qilish va Braziliya sud tizimiga chet el aralashuviga undovchi xabarlarni tarqatgan.
Yakshanba kuni Braziliyaning turli shaharlarida Bolsonaruni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Uning o‘g‘illaridan biri Flavio aksiya paytida otasi Rio-de-Janeyroda yig‘ilganlarga murojaat qilishi uchun uni qisqa vaqtga baland ovozli aloqaga ulagan. Keyinroq u otasining o‘z tarafdorlariga murojaati videosini ham e’lon qildi. Post keyinroq o‘chirib tashlangan.
Oliy sud, shuningdek, Bolsonaruga advokatlar yoki sud tomonidan tasdiqlangan shaxslardan tashqari, boshqa tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni hamda mobil telefondan foydalanishni taqiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter