Sobiq prezidentning rafiqasi hibsga olindi

Yun Sok Yol va Kim Gon Xi.
Seul sudi Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi — Kim Gon Xini hibsga olishga order berdi.
Isyon va boshqa jinoyatlarni tashkillashtirishda ayblangan Yun Sok Yolning o‘zi ham hibsda saqlanmoqda.
Maxsus prokurorning talabi bilan, kapital bozori, siyosiy fondlar va poraxo‘rlik to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik bo‘yicha ayblovlar asosida, sud organi sobiq birinchi xonimni hisbga olishga order bergan. Ushbu choradan maqsad Kim Gon Xi dalillarni yo‘qotishiga yo‘l qo‘ymaslik, deyiladi sud qarorida.
Mamlakatning konstitutsiyaviy tarixida birinchi marta sobiq prezident va uning rafiqasi bir paytda hibsda ushlab turilibdi.
Yun Sok Yol o‘tgan yil dekabrida qisqa muddatli harbiy holat e’lon qilishi bilan bog‘liq isyon tashkillashtirishda ayblanib, 10-iyuldan buyon tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Kim Gon Xi, o‘z navbatida, aksiyalar narxlari bilan bog‘liq qilmishlar, 2022 yildagi parlament qo‘shimcha sayloviga aralashish va nomzodlarni ilgari surish, cherkovdan qimmatbaho sovg‘alar olib evaziga tadbirkorlik xizmatlari ko‘rsatish kabi ishlarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter