Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga asosan Abduhakim Mo‘minovich Xadjibayev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda shu yilning 15-iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham ma’lum qilingan.

SSVning xabariga ko‘ra, A.Xadjibayev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. A.Xadjibayev shu tariqa mazkur lavozimga uchinchi bor tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring