Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘kinishni qonuniylashtirishda ayblangan tilshunos tanqidlarga javob berdi

So‘kinishni qonuniylashtirishda ayblangan tilshunos tanqidlarga javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda: «Jamoat joylarida «idin**y» so‘zi so‘kinish, lekin telefonda so‘kinish emas ekan, tilshunoslar qayoqqa qarayapti?» sarlavhasi ostidagi post bahs, muhokamaga aylandi.

Bu so‘z «Sen mening ishimga aralashma, men seni tinglashni xohlamayman...» ma’nosini anglatishi aytilmoqda...

Bahslarga Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Bibish Jo‘rayevaning tuman ichki ishlar bo‘limining joriy yil 4 fevraldagi 25-13/3  343-sonli xatiga yozgan javob xati sabab bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoroda ikki bloger telefon orqali muloqotda o‘zaro tortishib qolishgan. Shunda ulardan biri ikkinchisiga nisbatan ruscha talqinda bo‘lgan «idi na**y» degan so‘zni ishlatgan. Blogerlardan biri suhbatdoshining ovozini yozib olib, viloyat boshqarmasiga haqoratlangani yuzasidan yozma ariza bilan murojaat qilgan. Olib borilgan surishtiruvlar jarayonida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Bibish Jo‘rayevadan ushbu so‘zning lingvistik ekspertizasi tayinlangani va bu yuzasidan uning ma’nosini izohlab berish so‘ralgan.

«Keyingi yillarda tilshunoslikda sintaktik tadqiqotlarning kuchayishi natijasida aniq bo‘ldiki, lisoniy birliklarning shakl va mazmun tomondan ta’rifi ham tilni to‘liq izohlashga imkon bermas ekan. Lisoniy birliklarni kontekst, nutq vaziyati bilan bog‘lab o‘rganishgina ularning ma’nosini to‘g‘ri tushunishga to‘liq imkoniyat yaratadi»,—dedi Bibish Jo‘rayeva.

Bibish Jo‘rayevaning «Xabar.uz»ga bildirishicha, har so‘zning mohiyati, matnda qo‘llanilish holati, qo‘llanilish sharoiti, kim tomonidan qo‘llanilishi, kimga nisbatan qo‘llanilishi kabi va boshqa qator omillar bilan chambarchas bog‘liq.

«Avvalo, har bir so‘z va jumlani to‘g‘ri va tushunib o‘qimoq, uqmoq darkor. Bizning faoliyatimiz har bir so‘zning tub ildizigacha chuqur o‘rganib, tahlil qilib, mukammallashgandan so‘nggina so‘ralgan idora, tashkilotlarga javob xati yo‘llash bilan ham bog‘liq. Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylantirib yozilgan bu javob xatida noto‘g‘rilik yo‘q. Masalan, «Blyad» vulgar so‘z bo‘lib, lug‘aviy jihatdan «buzuq, buzuq ayol; fohisha» degan ma’nolarni bildiradi. «Vikislovar»da ushbu so‘zning 9 (to‘qqiz) ta ma’nosi berilgan bo‘lib, shulardan biri so‘zlovchining emotsiyasini ifodalash uchun xizmat qiladi: vulg., grub., v znachenii mejdometiya, virajayuщyego ekspressiyu, ili chastitsi. Ya’ni so‘zlovchi tomonidan qo‘llangan «bl**» so‘zi tinglovchini haqorat qilishga, uni kamsitishga qaratilmagan bo‘lib, balki o‘zining hissiyotlarini jilovlash maqsadida ham aytiladi. Ushbu qo‘llanishda bu so‘z inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, obro‘sizlantiruvchi haqoratli so‘z hisoblanmaydi»,—dedi Bibish Jo‘rayeva.

Suhbatdoshning aytishicha, xuddi shu kabi «idina**y» so‘zi ham jargon bo‘lib, nutqiy jarayonda: «Sen mening ishimga aralashma, men seni tinglashni xohlamayman, menga sening gaplaringning qizig‘i yo‘q, sen mening vaqtimni olyabsan, men seni hurmat qilmayman, men senga quloq solmayman» degan ma’nolarni ifodalar ekan.

«Ushbu leksik birlik jamoa joyida qo‘llansa, tinglovchiga nisbatan shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi, obro‘sizlantiruvchi so‘z hisoblanadi. Vikipediya. Idi na x** Mat (materщína, máterniy yazik) — raznovidnost nenormativnoy leksiki v russkom i drugix slavyanskix yazikax. Soglasno kodeksu ob administrativnix pravonarusheniyax Rossiyskoy Federatsii, publichnoye upotrebleniye mata mojet rassenivatsya kak melkoye xuliganstvo (statya 20.1[1]). Rossiya qonunchiligida ham mazkur so‘z jamoa joyida qo‘llansa, mayda bezorilik sifatida malakalanishi mumkin, deyilmoqda. «Mumkin» so‘ziga e’tibor bering. Ammo bu so‘z telefon orqali muloqotda qo‘llangani, muloqotda esa so‘zlovchi va tinglovchigina ishtirok etgani bois, ushbu holatda shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi, uni obro‘sizlantiruvchi haqorat so‘z hisoblanmaydi»,—deya yana o‘z yozgan javob xatining xato emasligini ta’kidlab so‘zlaydi Bibish Jo‘rayeva.

Bibish Jo‘rayeva har qanday ma’lumot bilan tanishganda, tushunib-tushunmasdan to‘polon ko‘tarish, aslida, noto‘g‘ri ekanini ta’kidlagan.

«Ijtimoiy tarmoqlar orqali noo‘rin qarashlar bilan bahs-munozaraga borib, tilshunoslarga nisbatan noto‘g‘ri «hukm» chiqarish yaxshi emas. Avvalo, internet tarmoqlari orqali shu so‘zning qanday ma’nolar anglatishini bilib olishsa, to‘g‘riroq bo‘lardi. Shundan so‘ng bildirilgan fikrga e’tirozingiz bo‘lsa, marhamat!»—dedi Bibish Jo‘rayeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring