Solixon domla qamaldi
![Solixon domla qamaldi](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2339919009.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi.
Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, Solixon Ortiqxo‘jayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan.
Unga 15 sutka ma’muriy qamoq va bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, ya’ni 340 000 jarima jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter