Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sovkombank» «O‘zagroeksportbank»ni sotib olishdan voz kechdi

«Sovkombank» «O‘zagroeksportbank»ni sotib olishdan voz kechdi

Foto: «Sovkombank»

«Sovkombank» «O‘zagroeksportbank»ni sotib olishi bekor qilinish jarayonida, bu haqda bugun 17-iyun kuni «Sovkombank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sergey Xotimskiy Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida ma’lum qildi.

Bitim bekor qilinishiga sabab — Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari, deyilmoqda. «Sovkombank» ham ushbu saksiyalarga tushgan bo‘lib, sho‘’ba kompaniyalarni sotib olsa sanksiyalar ularga ham tatbiq etiladi.

«Sovkombank» aksariyat kredit loyihalarini yopishga majbur bo‘ldi, biroq banklar bo‘yicha vaziyat o‘zgarsa O‘zbekiston bozoriga kirishga umid qilmoqda.

Biroq Rossiyaga qarshi sanksiyalar urushi tugagan taqdirda ham «Sovkombank» «O‘zagroeksportbank» sotib ololmaydi, chunki O‘zbekiston hukumati bankni tez orada xususiylashtirishni rejalashtirgan, deyiladi xabarda.

«O‘zagroeksportbank»ni sotib olish bo‘yicha bitim 2022-yilning fevralida imzolangan edi. «Sovkombank» 100 foiz aksiyalar davlat paketini $4 mln.ga sotib olish majburiyatini olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring