Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sovuqda qulog‘idan ayrilgan» haydovchi videosi yuzasidan izoh berildi

«Sovuqda qulog‘idan ayrilgan» haydovchi videosi yuzasidan izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda izg‘irinda qolib ketgan haydovchi videomurojaati tarqaldi. U avtomobilida nosozlik bo‘lgani sabab yo‘lda qolib ketgan va muzlab qolgan. Ma’lum bo‘lishicha, video Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida olingan.

Video muallifining aytishicha, u avtonosozlik tufayli Qarag‘anda viloyatining Batik qishlog‘iga borolmasdan yo‘lda qolib ketgan.

«Bo‘ron. Mashinaning kamari uzilib ketdi, yo‘lda qolib ketdim. Kapotni ochib, zo‘rg‘a yopdim. So‘ngra qulog‘im muzlab qolganini ko‘rdim. Urinishlarim behuda ketdi, mashina yurmayapti. Qanday qo‘ng‘iroq qilishni bilmayman, aloqa ham yo‘q», — deydi videodagi odam.

Qarag‘anda viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati video Shet tumanida suratga olinganligini aytgan.

«Haydovchi yo‘lovchi transportlar yordamida manzilga yetib olgan. U Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga murojaat qilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Janaarka qishlog‘idagi kasalxonaga borgan. Haydovchilarni biz doim ogohlantiramiz. Ular ob-havoga mos kiyinishmaydi, yo‘lga chiqishadi. Oqibatida xuddi shu kabi voqealar yuzaga keladi», — deydi FVV xodimi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring