Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSSR sobiq rahbari faxriy unvondan mahrum etildi

SSSR sobiq rahbari faxriy unvondan mahrum etildi

Dnepr (sobiq Dnepropetrovsk) hokimiyati SSSRni 1964-1982 yillarda boshqargan Leonid Brejnevni shaharning faxriy fuqarosi unvonidan mahrum qildi.

Bu haqda shahar meri Boris Filatov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Shahar kengashining 2023-yildagi so‘nggi sessiyasi yakunlari haqida qisqacha: Leonid Brejnev Dneprning faxriy fuqarosi unvonidan mahrum etildi», — deb yozadi mer.

Brejnev hozirgi Dnepr viloyatida tug‘ilgan. Bir necha yil davomida u Dnepropetrovsk viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina dekommunizatsiya doirasida Brejnevni Kiyev shahri faxriy fuqarosi unvonidan mahrum etgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring