Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)

Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)

Foto: «Oldnewsclub.com»

Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) Mars shahri qurilishi davom ettirilmoqda. Barcha ishlar 2021-yilda nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda «El Mundo» ispan nashri xabar berdi.

«MarsScienceCity» deb nomlangan yangi turar joy Dubay yaqinida qad rostlaydi. Maydoni — 176 ming kv.m. Bu 30 ta futbol maydoniga teng degani. Barcha qurilishlar yer qa’rida, 3D-printerlarda tayyorlangan gumbazlar ostida joylashgan. Dubay sahrosidan keltirilgan qumlar asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Shu tariqa uylarni o‘zga sayyora sharoitida, ya’ni Mars tuprog‘idan barpo etish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Polietilenli membrana esa tashqi muhitdan himoyalaydi.

U yerda olimlar tasavvuridagi Marsdagi hayot hosil qilinadi. Jumladan, «Mars»da olimlar yashaydi, fazogirlar mashg‘ulot o‘taydi. Shaharning yaratilishi 2017-yildayoq ma’lum qilingandi. Uch yil oldin BAA rasmiylari 2117-yilgacha Marsni mustamlakaga aylantirish niyati borligini yashirib o‘tirishmadi.

2018-yil fevralda Muhammad bin Rashid kosmik markazi Birlashgan Arab Amirliklarida kosmik apparat dizaynini taqdim etgandi — mazkur zond 2117-yilda odamlarning ilk manzilgohlarini yaratish loyihasi doirasida Marsga yuboriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring