Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subsidiya olganlarga ikkilamchi bozordan uy sotib olishga ruxsat beriladi

Subsidiya olganlarga ikkilamchi bozordan uy sotib olishga ruxsat beriladi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkentda saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari aholini uy-joy bilan ta’minlashda bajariladigan ishlar haqida aytib o‘tdi.

— Kelgusi besh yilda poytaxt aholisi uchun, 100 ming xonadonli ko‘p qavatli, energiya tejamkor uylar quriladi.

Uy-joyga muhtoj oilalar uchun 14 trillion so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilib, dastlabki badal va foiz to‘lovlarini qoplash uchun 5 ming nafar oilaga subsidiya beriladi. Ularning xohishiga qarab, ikkilamchi bozordan uylarni sotib olishlariga ham ruxsat beriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring