Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudandagi to‘qnashuvlarda 97 kishi halok bo‘ldi

Sudandagi to‘qnashuvlarda 97 kishi halok bo‘ldi

Sudandagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 97 kishiga yetdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

«Sudanda harbiy harakatlar boshlanganidan beri kamida 97 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, yana 365 nafari yaralandi», — deyiladi agentlikning dushanba kuni ertalab tarqatgan xabarida.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) avvalroq Sudanda 13 apreldan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarda 83 dan ortiq kishi halok bo‘lgani va 1126 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring