Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar qasamyod qilishdi

Sudyalar qasamyod qilishdi

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Sudyalar Oliy kengashining 2019-yil 20-martdagi qaroriga muvofiq, ilk bor tayinlangan sudyalar O‘zbekiston bayrog‘i ostida qasamyod qabul qildilar. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati katta konsultanti Z.Qo‘ziboyev xabar berdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

«Men Komilova Muqaddas Abduhafizovna zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysingan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman».

Shundan so‘ng Boltayev Muzaffar Ismailovich — Buxoro viloyati Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi, Abdullayev Xayrullo Gaybulloyevich — Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi,  Isomiddinov Xurshidbek Qobilovich —  Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Bo‘z tumanlararo sudining sudyasi, Usanov G‘ayrat Norqo‘ziyevich — Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Jizzax tumanlararo sudyasi, Obiddinov G‘iyosiddin Nizamiddinovich — Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Andijon tumanlararo sudining sudyasi, Ro‘ziyev Anvar Obidovich — Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga kirishishi munosabati bilan qasamyod qildilar.

— Bugun hayotimda unutilmas kun, — deydi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyati Andijon tumanlararo sudining sudyasi Muqaddas Komilova, — Sudya bo‘lish yoshlikdagi orzuim edi, Sudyalik juda mas’uliyatli kasb, men buni chuqur his qilaman. Qasamyod qilganimdek, adolatli va faqat qonunga bo‘ysingan holda ish olib boraman.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring