Suriya prezidenti va rafiqasi koronavirusga chalindi
Suriya prezidenti Bashar al-Asad va uning rafiqasi Asma koronavirusni yuqtirib oldi, deya xabar berdi Suriya prezidenti devoni.
«Ular COVID-19 belgilariga o‘xshash yengil alomatlarni boshdan kechirgandan so‘ng prezident Bashar Asad va Asma xonim PZR testini topshirishgan. Tahlil natijasi ularning koronavirus bilan zararlanganini ko‘rsatdi», — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Bashar al-Asad va rafiqasining ahvoli yaxshi, barqaror holatda.
Prezident devonining qo‘shimcha qilishicha, Suriya prezidenti va uning rafiqasi ikki-uch hafta davom etadigan uy karantini davrida o‘z vazifalarini davom ettirishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter