Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida yong‘in ro‘y berdi

Sherobod tumanida,Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida yong‘in ro‘y berdi.
Bugun, 23-iyul kuni Surxondaryo viloyati FVBga Sherobod tumani “Qizilolma” MFY hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borishgan.
Hozirda yong‘in bartaraf qilinmoqda. Ushbu yong‘inni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter